24-iyun – Yaponiya mezbonligida oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun sermahsul kun boʻlmoqda.

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Oʻtkirbek Joʻrayev ham delegatsiyaga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Dastakli ot mashqida ishtirok etgan ushbu sportchi 14.733 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu delegatsiya uchun kun davomida qoʻlga kiritilgan toʻrtinchi, turnir boshidan buyon beshinchi oltin medalga aylandi.

Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi, 2023-yilgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan Zaynab Dayibekova esa kumush medal bilan kifoyalandi.

photo_2026-09-24_16-32-30 (2)

U oʻz ishtiroki davomida guruh bosqichida Qozogʻiston, Tojikiston, Eron, Tailand, Hindiston va Janubiy Koreya vakillarini magʻlub etdi, nimchorak finalda yana eronlik Najmia Sazanjiyonga qarshi kurash olib bordi va yana osonlik bilan gʻalaba qozondi (15:2), chorakfinalda esa oʻz jamoadoshi Gulistan Perdebayevadan ustun keldi (15:14), yarimfinalda xitoylik Pan Ximiaoga imkoniyat qoldirmadi (15:8), ammo final bahsida ikki karra jahon chempioni, yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi kun davomida hozircha 15 ta medal oldi: 4 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza.

Endi jami 5 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronzaga ega boʻlgan delegatsiya umumiy reytingda 6-oʻringa koʻtarildi.

Screenshot_8