Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyalik futbolchilar irqchilikka javoban maydonni tark etadimi? Bosh murabbiy javob berdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCh-2018 o‘yinlari vaqtida irqchilik harakatlari kuzatilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
Bundan avval Angliya termasi himoyachisi Denni Rossiyada irqchilik sodir etilishi ehtimoli tufayli o‘z yaqinlaridan chempionatni kuzatish uchun bormaslikni so‘ragani, terma jamoa futbolchilari irqchilik sodir etiladigan holatda birgalikda maydonni tark etishlari mumkinligini aytib o‘tgandi.
- Men Dennidan boshqa futbolchilar bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashishni so‘radim. Uning hikoyalarini eshitish men uchun qayg‘uli.
U jamoaning bir qismi, u keyingi ikki oy davomida oilamiz a'zosi va biz barcha futbolchilarimizni bor imkoniyatlarni ishga solgan holda himoya qilamiz.
Hech birimiz hali Rossiyada nimalar bo‘lishini bilmaymiz, ammo Rouz har ehtimolga qarshi o‘z oilasi tinchligini o‘ylamoqda. U chempionat vaqtida futboldan boshqa narsalarga chalg‘ishni istamayapti.
- Agar futbolchilar irqchilik harakatlari bilan haqoratlansa, Angliya terma jamoasi qanday yo‘l tutadi?
– Aslida biz maydondan chiqib ketishimiz kerak bo‘ladi, ammo vaziyatga real ko‘z bilan qarasak, buning uchun bizni turnirdan chetlatishadi. Futbolchilarimiz buni istaydi, deb o‘ylamayman. Ular butun faoliyatlari davomida jahon chempionatiga borish uchun harakat qilishadi.
Biz turnirda o‘ynashni istaymiz, – degan murabbiy The Guardian muxbiriga.
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
16:42 / 16.07.2024
Sautgeyt Yevro-2024 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqdi
13:26 / 17.06.2023