Joriy yilning iyun-iyul oylarida Toşkent şahridagi mahallalarda quriliş, ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladi.

Poytaxtning 11ta tumanda joylaşgan 88ta mahallada tegişli işlar olib boriladi.

Toşkent şahri matbuot xizmati bu boradagi işlar boşlanib ketgani haqida ma'lumot berdi. Taqdim etilgan fotosuratlarda köriş mumkinki, işçilar keça-yu kunduz işni davom ettirişmoqda. Şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev esa işlarni joyida nazorat qilib turibdi.

Bundan oldinroq Toşkent şahrida quriliş, ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladigan mahallalar röyxati e'lon qilingandi.