Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining 75-yig‘ilishi O‘zbekiston hududida kuzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma'lum qildi.
«Shuni ta'kidlashni istardimki, yildan-yilga tadbirlarni o‘tkazish joylari va ularning ishtirokchilari tarkibi kengaymoqda. Shunday qilib, joriy yilning aprel oyida havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning yig‘ilishi birinchi marta O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirlari kengashining kuzgi majlisi ham O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan», - deya ta'kidladi Lebedev.
Kizilda o‘tkazilgan kengash yig‘ilishida harbiy maqsaddagi sun'iy aloqa yo‘ldoshi tizimlaridan foydalanish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar, shuningdek, geomakon ma'lumotini almashish sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mudofaa vazirlari qo‘shma harbiy maqsaddagi tizimlar faoliyatini takomillashtirish doirasida, MDH birlashgan havo mudofaasi tizimi, yagona aloqa tizimi, yagona davlat radiolokatsion aniqlash tizimi, qurolli kuchlar aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
08:45 / 07.07.2026
Dunyoning eng ilg‘or 7 ta havo hujumidan mudofaa tizimi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
17:43 / 19.06.2026