NATO sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussenning ma'lum qilişiça, Rossiya va Ukraina örtasida bir neça yil muqaddam harbiy töqnaşuv yuz berganida, Rossiya armiyasi bir neça kun içida ğalaba qozongan bölardi. Bu haqda u Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Agarda Rossiya buni xohlasa, rus qöşinlari Ukrainani bir neça kun içida bosib olişi mumkin edi», - degan Rasmussen.

Uning sözlariga köra, sönggi yillarda kuçaygan Ukraina armiyasi Rossiya armiyasi hujumini tiyib turişda yaxşi foyda bermoqda.

Şuningdek, sobiq boş kotibning aytişiça, Şimoliy Atlantika Alyansi mamlakatlari Rossiya armiyasi hujumiga tayyor, biroq mojarolarga diplomatik yöl bilan yeçim topişni ma'qul köradi.

Rasmussenning qayd etişiça, NATO Rossiyaning alyansga kirişi masalasini körib çiqqan bölardi, ammo Moskvadan heç qaçon bunday murojaat kelib tuşmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qrimda suv bilan boğliq jiddiy muammolar borligi ma'lum qilingandi.