Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ronaldu «Real»dan ketishga qat'iy qaror qilgan
«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Qirollik klubi»ni tark etish bo‘yicha qaror qilgan.
Record manbasi ma'lumotiga ko‘ra, bu futbolchining yakuniy va qat'iy qaroridir. Qayd etilishicha, Ronaldu «qaymoqranglilar» rahbariyatidan, xususan, klub prezidenti Florentino Peresdan hamda bosh direktor Xose Anxel Sanchesdan qattiq norozi bo‘lgan, ular biroz avvalroq portugaliyalik futbolchining agenti Jorjye Mendesh bilan uchrashuvda futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmasliklarini ma'lum qilgandi. Ronalduning hisoblashicha, Peres uni aldagan.
Bundan avvalroq matbuotda «Pari Sen-Jyermen» Ronalduga yiliga 45 mln yevro miqdorida maosh to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining «Real» bilan 2021 yilgacha tuzilgan amaldagi shartnomasiga ko‘ra uning yillik maoshi miqdori 21 mln yevroga teng.
Mavzuga oid
04:10 / 16.04.2026
«Real» turnirni tark etdi, «Arsenal» yarimfinalda. Kun o‘yinlari
07:51 / 08.04.2026
«Real» Madridda yutqazdi, «Arsenal» g‘alaba bilan qaytdi. Kun o‘yinlari
11:58 / 05.04.2026
«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi
05:35 / 18.03.2026