Toşkent şahridagi tumanlar hokimlari bir vaqtda lavozimdan ozod etilgan va şu vaqtning özida Toşkent şahri hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayevning qarori bilan öz tumanlariga hokim vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib qayta tayinlangan.

Toşkent şahrida 11 tuman bölib, şundan 10tasida hokimlarga ariza yozdirilgan, faqat Şayxontohur tumani hokimi Bahodir Ğoibnazarov bundan mustasno. U 2017 yilning dekabridan buyon tuman hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida işlab kelmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, tumanlarda törtta sektor boşliqlari (hokimdan taşqari boş militsioner, boş soliqçi va prokuror) işdan olinib, vaqtinça v.b. sifatida lavozimda qoldirilgan.

Ayni vaqtda tumanlar rahbarlari:
Bektemir tumani - Şopölat Şorahmatoviç Asqarov (...)
Mirzo Uluğbek tumani - Şavkatbek Turdiyeviç Irgaşev (şu yilning aprelidan buyon)
Mirobod tumani - Şuhrat Abdujabboroviç Pölatov (2017 yil aprelidan buyon)
Olmazor tumani - Baxtiyor Sultonoviç Rahmonov (şu yilning mayidan buyon)
Sergeli tumani -  Nozim Baxtiyoroviç Husanov (şu yilning mayidan buyon)
Uçtepa tumani - Şuhrat Maxamadnazimoviç Atamuxamedov (şu yilning mayidan buyon)
Çilonzor tumani - Davron Abdulahatoviç Hidoyatov (2017 yil aprelidan buyon)
Şayxontohur tumani -  Bahodir Rixsialiyeviç Ğoibnazarov (2017 yil dekabridan buyon)
Yunusobod tumani - Baxtiyor Hasanoviç Abdusamatov (2017 yil aprelidan buyon)
Yakkasaroy tumani - Sarvar Taşmatoviç Mahametov (...)
Yaşnobod tumani - Dilmurod Rahmatjonoviç Turdiyev (2017 yil aprelidan buyon).