Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan.
Norma’ning yozişiça, hujjat bilan pensiya bölimi har bir yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin – YaTT) uçun alohida yuritiladigan Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari tölanişini hisobga olişning şaxsiy kartoçkasi bekor qilinmoqda. Eslatib ötamiz, kartoçka pensiya bölimida doimiy ravişda saqlanar, unga suğurta badallari summalari va ular qaysi davr uçun tölanganligi töğrisidagi yozuvlar qayd etilar edi.
Endi pensiya bölimi tomonidan YaTTga (şuningdek çet elda yollangan holda işlovçi şaxslarga, dehqon xöjaligi a'zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oila a'zolariga) faqat Suğurta badallari tölanişini hisobga oliş daftarçasi oçiladi. U YaTTda saqlanadi va, bank kvitansiyalari va tölov hujjatlarining asl nusxalari bilan bir qatorda, badallar tölanganligi dalilini tasdiqlovçi asosiy hujjat hisoblanadi.
Şuningdek, endi YaTT uçun tadbirkorlik faoliyati asosiy faoliyat deb hisoblansa, mehnat daftarçasi pensiya bölimida emas, balki uning özida saqlanadi. Yaşaş joyidagi pensiya bölimi YaTT faoliyati töğrisidagi tegişli yozuvlarni mehnat daftarçasiga qayd etadi, xolos. Bu çet elda yollangan holda işlovçi şaxslarga, dehqon xöjaligi a'zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oila a'zolariga ham taalluqli.
Dehqon xöjaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uçun qöşimça hisoblansa, uning mehnat daftarçasi asosiy iş joyida yuritiladi. Bu holda röyxatdan ötgan joyidagi pensiya bölimi tomonidan uning xohişiga köra mehnat daftarçasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri töğrisidagi yozuv kiritilişi mumkin.
Hujjat 24.05.2018 yildan kuçga kirdi.
















