Respublikaning gadjyetlar bozorida yangi qudratli raqib paydo bo‘ldi. Mashhur brendlardan biri - MEIZU kompaniyasi O‘zbekistonga smartfonlarni rasman yetkazib berishi haqida ma'lum qildi.

Foto: Meizu

O‘zbekiston bozorini egallash bo‘yicha kompaniya rejalari juda jiddiy. Hozirdanoq elektronikaning respublika miqyosidagi yirik savdo tarmoqlari orqali mahsulotning ayrim modellarini sotish boshlangan.

Firma do‘konlari, servis markazini ochish va smartfonlarning keng assortimenti va original aksessuarlar sotuvini yo‘lga qo‘yish brendning yaqin kelajakdagi maqsadlaridan.

O‘zbekiston bozorida faoliyat olib borish qiziqarli va istiqbolli deb hisoblaydigan jahonning yirik kompaniyalarining yurtimizga tashriflari ortib bormoqda. Xaridorlar uchun esa bu o‘nlab mahsulotlar ichidan eng ma'qulini tanlash imkoniyati demakdir. MEIZUni tanlashingiz uchun ushbu brendda asoslar keragidanda ortiqroq.

Smartfonlardan allaqachon faqatgina aloqa vositasi sifatida foydalanilmay qo‘ydi - endilikda ular har qanday sharoitda ham ish yuritish, shaxsiy yozishmalar va ko‘ngilochar o‘yinlar uchun haqiqiy «aqlli» majmuaga aylanishga ulgurdi. Shuning uchun, oldin qurilmani tanlashda mijoz faqat aloqa sifatiga e'tibor bergan bo‘lsa, hozirda tanlashdagi asosiy e'tibor qulaylik va samaradorlikka qaratilmoqda. MEIZUda sizni qanoatlantiradigan barcha imkoniyatlar mavjud.

Foto: Meizu

O‘ziga xos Flyme interfeysi kompaniyaning har bir smartfonida o‘rnatilgan bo‘lib, Androidning barchaga ma'lum tizimiga asoslangan va ko‘plab parametrlari bo‘yicha “ajdod”laridan o‘zib ketgan. Maksimal qulaylik va ishlatishdagi oddiylik MEIZUning asosiy afzalliklaridan biri, shuning uchun interfeys intuitiv tarzda tushunarli, ichki qism esa yuqori darajada bejirim va aniq - hech qanday ortiqcha chalkashliklarsiz va mikrosozlamalarning o‘nlab sahifalari, barcha zaruriyatlarni ekranda bir nechtagina slayd va taplar bilan bajarish mumkin. Bunga maxsus OneMind intellektual “slayderlari” orqali erishiladi, u mustaqil tarzda foydalanuvchining qarorlarini va unga ma'qul harakatlarni kuzatib boradi hamda kundan kunga barchasini foydalanuvchi uchun soddalashtirib, unga moslashadi. OneMind ko‘p ishlatiladigan ilovalarni saqlab qoladi va ular bilan ishlashni yanada qulaylashtirgan tarzda ilovalarni tez ishlab ketishiga imkoniyat yaratadi.