Kim nima desa desin-u, lekin qişloq, mahalla va köçalarni nomlaşga juda xafsala qiladigan xalqmiz. Buni baribir yaxşilikka yöyiş kerak. Mahalla va köçalarimizga berilgan - “Obod”, “Gulzor”, “Mirişkor”, “Kelajak” kabi nomlar ostida ezgu niyat, tilak yotadi.
Andijon viloyati, Andijon tumanidan kelgan murojaat ortidan aholi vakillari bilan uçraşiş uçun arz tuşgan joyning öziga bordik.
Muammolari bor mahalla va köçaning nomi juda gözal ekan. “Baxt” mahallasi, “Şodlik” köçasi.

Biroq tuman markazidan 2 kilometr uzoqlikda, çiroyli atamali mahalladagi şaroit nomiga heç mos tuşmabdi. Rözğorda eng köp işlatiladigan narsa – suv. Mahalla ahli neça yillardan beri toza içimlik suvisiz hayot keçirmoqda. Fuqarolarning bildirişiça, bundan olti yil oldin köçalar kavlanib, suv quvurlari yotqizilgan. Köça etagida suv tortiş va taqsimlaş inşooti ham barpo qilingan ekan. Atrofi sim tör bilan öralgan joy, hozir qarovsiz, işlamay öt bosib yotibdi. Öşa paytda köçaga suv quvurlari tortilib bölgaç, sinovdan ötkazişganida ba'zi joylardan suv çiqib ketgan ekan. Qaziş va quvur örnatiş işlarini olib borgan taşkilot vakillari “Heç narsa emas, yamaymiz, suv çiqaramiz”, deb va'da bergaç, şu böyi qaytib kelmabdi. Bir söz bilan aytganda, iş öşa paytda ma'lum bir summadagi mablağ sarflanib, amalga oşirilgan. Biroq oxiriga yetkazilmagan.

Xonadonlar esa uylaridan quduq kavlab olişgan. Andijonda bunday qölbola suv oliş uskunasini - “kaçalka” deyişadi.

“Köçamizda 200 dan ortiq oila istiqomat qiladi. Toza içimlik suvi bölmagaç, rözğorga 8-12 metrdan çiqadigan sizot suvlarni “kaçalka” orqali çiqarib foydalanyapmiz. Inson soğliğiga zararli suvdan qaçongaça foydalanamiz, bilmayman? Tabiiy gaz ikki yil oldin uzilgan. Mana, aholi qişga tappi tayyorlayapti. Elektrdan ham muammolar yetarli. Transformatorimiz 160 kilovattli, eskirib ketgan. Qişi bilan kuçlanişni kötara olmay bezor qiladi”, - deydi mahalla oqsoqoli Usubjon ota Qöçqarov.




















