Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtda faoliyat körsatayotgan MÇJlardan birining noqonuniy xatti-harakatlariga çek qöyildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu MÇJ yurtimizga olib kelingan qiymati 11,9 ming tonnadan ortiq palma moylarining salkam 4,7 ming tonnasini bojxona organining ruxsatisiz, bojxona tölovlarini tölamasdan bojxona omboridan olib çiqib ketgan.

Uşbu holatda salkam 4,7 ming tonna palma moyi uçun aslida davlat byudjyetiga 13 mlrd. 99 mln. sömlik bojxona tölovlarini tölanişi lozim edi.

Ammo MÇJ rahbarining qonunbuzarligi unga nisbatan tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilişiga sabab böldi.

Ayni paytda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi tomonidan uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati