Prezident Şavkat Mirziyoyev ŞHTning Tsindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Hindiston xalqini Şanxay hamkorlik taşkilotiga töla a'zo bölgani, ŞHT davlat rahbarlari uçraşuvida yangi maqomda qatnaşayotgani munosabati bilan tabrikladi.  

Şavkat Mirziyoyev mazkur uçraşuv avval erişilgan kelişuvlar ijrosini muhokama qiliş va hamkorlikning istiqbollarini belgilab oliş uçun yaxşi imkoniyat ekanini ta'kidladi.  

Narendra Modi Özbekiston Hindistonning ŞHTga a'zolikka qabul qilinişini qöllab-quvvatlagani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu Özbekiston bilan hamkorlikni ham özaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçişini qayd etdi. 
 
Uçraşuvda Özbekiston bilan Hindiston örtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yönalişlarda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.  

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi. 

Ikki davlat özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyor ekanligi qayd etildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgani xabar qilingandi.