Jamiyat | 14:48 / 09.06.2018
36817
2 daqiqa o‘qiladi

Uning hayotini ikki nur yoritib turibdi: Qur'on musobaqasi g‘olibi bilan suhbat

Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Qur'onga mohir bo‘lgan kishi «hurmatlangan va o‘ta yaxshi elchilar (farishtalar)» bilan birga bo‘ladi. Qiynalib o‘qiydiganlarga esa ikki ajr bordir», dedilar».

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar mamlakat mo‘min-musulmonlari hayotida ham o‘z aks sadosini berdi. Mamlakatda o‘tgan “Qur'on musobaqasi” so‘zimizning yorqin isboti bo‘la oladi.

Kuni kecha Ramazon oyining 21-kuni, 5 iyun sanasida ushbu musobaqaning Oliy ta'lim, madrasa va o‘quv muassasalari bo‘yicha g‘olibi Muhammad hoji Mirzo Mo‘minjon o‘g‘li bilan suhbat o‘tkazdik.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Suhbatimiz avvalida u kishini O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasida g‘oliblar safidan joy olganliklari va rafiqalari ham mutlaq g‘oliba deb topilgani bilan tabriklab o‘tdik.

Muhammad hoji Mirzo musobaqa haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga butun olamga mehmon bo‘lib turgan muborak Ramazon oyining xosiyatlari haqida ham o‘z fikrlarini bayon etdilar. Ayniqsa, bu oyda ikki musulmon o‘rtasida eski gina va adovatlarning saqlanib qolishi nojoiz ekanligi ta'kidlab o‘tildi. 

Muhammad hoji Mirzo Mo‘minjon o‘g‘li

Suhbatimiz maroqli o‘tdi. Ma'rifiy mavzuda fikrlar almashildi. Qur'on tilovat qilindi. Suhbatimiz yakunida Umra safari arafasida u kishiga oq yo‘l tiladik.

Mavzuga oid