03:35 / 09.06.2018
9242

O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya Saudiya Arabistonini kichik farq bilan yengdi

Foto: Reuters

Germaniya terma jamoasi jahon chempionati arafasida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. "Bay-Arena"da kechgan uchrashuv 2:1 hisobida nemislar foydasiga hal bo‘ldi. 

8-daqiqada Verner hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Xausaui o‘z darvozasiga gol kiritib, oradagi farqni oshirdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 6 daqiqada qolganida Al-Jassis jamoasining yagona javob golini kiritdi. 

Germaniya – Saudiya Arabistoni 2:1

Gollar: 1:0 – 8 Verner, 2:0 – 43, avtogol Xausaui, 2:1 – 84 Al-Jassim.
Germaniya – Noyyer (ter Stegen, 46), Boateng (Zyule, 46), Xummels, Kimmix (Ginter, 81), Xektor, Kroos, Xedira, Draksler, Roys (Gyundogan, 57), Myuller (Brandt, 74), Verner (Gomes, 62).
Saudiya Arabistoni – Al-Mayuf, Xausaui (Al-Bulayxi, 83), Al-Xarbi (Al-Breyk, 46), Al-Shaxrani, Xausaui, Otayf (Al-Mogaui, 75), Al-Faraj (Al-Xaybari, 90), Al-Dosari (Baxebri, 87), Al-Shexri, Al-Jassim, Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 62).
Ogohlantirishlar: Al-Mogaui (89).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Shveytsariya – Yaponiya 2:0 
Gollar: 1:0 – 42, penalti Rodriges, 2:0 – 82 Seferovich.

Polsha – Chili 2:2
Gollar: 1:0 – 30 Levandovski, 2:0 – 34 Zelinski, 2:1 – 38 Valdes, 2:2 – 56 Albornoz.

Top