Marokaşdagi savdo markazlaridan birida köngilni xira qiluvçi voqea yuz berdi: markaz böylab aylanib yurgan bir yigitning ust-boşi birdaniga yonib ketgan.
Aniqlanişiça, uning çöntagida gadjyetlarni quvvatlaş uçun taşqi akkumulyator bölgan. Aynan şu qurilma portlaşi oqibatida yigit alanga içida qolgan. Voqea guvohlari va markaz xodimlari uşbu hodisadan esankirab qolişgan va yonğinni öçirişga tuşib ketişgan. Birozdan keyin alanga öçirilgan, biroq bungaça yigitning ustidagi kiyim deyarli butkul yonib bölgan.
Voqea joyiga şifokorlar çaqirtirilgan va yigit oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan.
















