Kollektiv xavfsizlik böyiça şartnoma taşkiloti (KXŞT) iştirokçi davlatlarining taşqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida qabul qilingan bayonotda aytilişiça, vazirliklar rahbarlari AQŞ rahbariyati xatti-harakatlaridan norozi bölmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

«Ortib borayotgan taşvişga Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş bitimi (ÖKMRB) işiga paydo bölgan tahdidlar sabab bölmoqda. Ular bu bitimga rioya etmaslik bilan boğliq qator muammolarga yeçim topilmagani tufayli kelib çiqyapti. Xususan, bu AQŞning aniq harbiy dasturlariga tegişli, ular bitim böyiça majburiyatlarni hisobga olmagan tarzda amalga oşirilmoqda hamda raketa nişonlari va zarba beruvçi uçuvçisiz uçar qurilmalar, yerda joylaştiriluvçi universal raketa uçiriş qurilmalarini işlab çiqiş hamda joylaştirişni öz içiga oladi. Şuningdek, Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş bitimi böyiça taqiqlangan, masofasi 500 dan 5500 kilometrgaça bölgan yerda joylaşuvçi mobil raketa tizimini yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari taşvişga sabab bölmoqda», - deyiladi bayonot matnida.

KXŞTdan ta'kidlaşlariça, Belarus, Qozoğiston va Rossiya «bitim böyiça tomonlar hisoblanib, bu kelişuvga amal qilişga bölgan qat'iy pozitsiyani saqlab turibdi».

Eslatib ötamiz, avvalroq RF TIV rahbari Sergey Lavrov AQŞ ham, Rossiya ham ÖKMRBga zarar yetkazişdan manfaatdor emasligini aytgandi.