Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Tramp va Kim Chen In uchrashuvi tafsilotlarini oshkor qildi
Foto: AP/Ahn Young-joon
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sammiti ularning shaxsiy suhbati bilan boshlanadi, unda faqat davlat rahbarlarining rasmiy tarjimonlari bo‘ladi. Bu haqda Oq uy tomonidan e'lon qilingan xabarda aytiladi.
«Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ertaga ertalab soat 9.00 (Toshkent vaqti bilan 6.00)da uchrashadi. Salomlashishdan so‘ng, prezident Tramp va rais Kim yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazadi, unda faqat tarjimonlar bo‘ladi, keyin kengaytirilgan tarkibda ikki tomonlama uchrashuv va amaliy tushlik tashkil etiladi», - deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, AQSh ma'muriyatidan ta'kidlashlaricha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti sammitdan so‘ng matbuot anjumanida qatnashadi, keyin samolyotda AQShga qaytib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga taklif bilan chiqqani aytilgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026