2026-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-1179-son qonun bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlar koʻp kvartirali uylarni mazkur inspeksiyalar ruxsatnomasisiz qurish uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin qonunbuzarlik yana sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.

Shuningdek, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelsa, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.