Orlando şahri (Florida ştati)da noma'lum şaxs öt oçib, turar-joylardagi xonadonlardan biridagi tört bolani garovga olgan. Fox News telekanali şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, otişma natijasida politsiyaçilardan biri jiddiy jarohat olgan va şifoxonaga yetkazilgan.

Telekanalda ma'lum qilinişiça, otişmadan keyin erkak 1, 7, 10 va 12 yoşdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yaşiringan. Bolalar gumonlanuvçining farzandlari bölişi ham mumkin, degan taxminlar bor.

Hozirda maxsus  kuçlar gumondor bilan muzokaralar olib borişmoqda.

"Bizning asosiy vazifamiz bolalarning xavfsizligi. Umid qilamanki, u tinç yöl bilan taslim böladi", - deydi politsiya boşliği.