AQŞning Orlando şahrida tört nafar bolani 12 soat davomida garovda uşlab turgan erkak öz joniga qasd qildi, bolalar ölik holda topilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, bolalar keça, 11 iyun kuni keçqurun ölik holda topilgan.

Avvalroq, erkak 1, 7, 10 va 12 yoşdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yaşiringani xabar qilingandi.

Politsiyaga ayol kişi murojaat qilib, tanişi uni döpposlaganini aytgan. Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari erkakni qölga olişga harakat qilişganida, u öt oçdi va politsiyaçilardan birini jarohatladi. Şundan söng erkak xonadonga yaşirinib, bolalarni garovga olgandi.