Avgustda Tesla kompaniyasi öz elektromobillarida qöllanuvçi Autopilot tizimi dasturiy ta'minotini 9-versiyasigaça yangilamoqçi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask tvitterda ma'lum qildi.
Mask hozirda yarimavtonom hisoblanuvçi avtopilot bilan boğliq muammolardan şikoyat qilgan foydalanuvçining savollariga javob berib, dasturning töliq avtonom versiyasi avgustda çiqişini ma'lum qilgan.
Biroq Mask AQŞ yöllarida özi boşqariluvçi avtomobillar paydo bölişini tezlaştira oluvçi tizim haqida tafsilotlarga berilmagan.
Avvalroq Mask özi boşqariluvçi avtomobillar bilan boğliq baxtsiz hodisalarga haddan ziyod köp e'tibor qaratilayotganidan şikoyat qilib, bunday maşinalar haydovçilardan ança xavfsizroq bölişini aytgandi.
“Tesla maşinasining avariyaga uçraşi töpiq suyagining sinişiga olib kelgani gazetalarning birinçi sahifasida çiqişi, biroq ötgan yil avtohalokatlarda 40 ming kişi hayotdan köz yumgani haqida deyarli heç narsa aytmaslik mutlaqo notöğri”, deb yozgan Mask.

















