Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maslahat beruvchilar ko‘p bo‘lar ekan» - Jahongir Ortiqxo‘jayev
Foto: Xalqaro press-klub
Xalqaro press-klubda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida «Toshkent: aqlli, obod va sevimli shahar uchun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Tadbirkor sifatida o‘z ishimni sartaroshxona va oyoq kiyimi tuzatish shirkatini ochish bilan boshlaganman. O‘shanda 17 yoshda edim. O‘sha payt davlat tomonidan ko‘plab kooperativlar ochilgandi. Biznesni eng quyi pog‘onadan o‘rganganman, desam xato bo‘lmaydi. Ustozim esa - xalqimiz. Xobbiga keladigan bo‘lsak, xalqqa xizmat qilish, bir odamga foydam tegishdir. Albatta, kitoblar ham o‘qiyman», - degan u.
«Hokimlarga maslahat beruvchilar ko‘p bo‘lar ekan. Oldin ham boshqa ishdagi tajribamda ko‘rgandim buni. Jamoamda ham maslahat berib, ham o‘sha g‘oyani amalga oshiradigan odamlar bo‘lishini xohlayman. Faqat maslahat beruvchi emas, balki g‘oya berib, o‘zi ham shu g‘oyani amalga oshirishda ishtirok etadigan odamlar kerak», - dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ortiqxo‘jayev biznesdan chetlashgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
02:32 / 05.04.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
09:16 / 27.03.2026