Xalqaro press-klubda Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev iştirokida «Toşkent: aqlli, obod va sevimli şahar uçun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Unda J.Ortiqxöjayevga yirik tadbirkor ekani hamda hokim lavozimini egallagaç, biznesdan çetlaşgani yoki hamon u bilan şuğullanayotgani haqida savol berilgan.
«Albatta, öz biznesimdan çetlaşdim. Ammo, hokimlikda biznes yuritiş niyatim bor, ya'ni faqat pul işlatuvçi emas, balki hokimlikni pul topuvçi organga aylantiriş. Keladigan daromadlarni esa xalqimizga işlatiş niyatimiz bor», - dedi u.
Şuningdek, Ortiqxöjayevdan uning kompaniyalari Toşkent şahridagi qurilişlar böyiça ötkaziluvçi tenderlarga endi qanday imtiyozlarga ega bölişi haqida söraşgan.
«Oldin ham bunday işlar bilan şuğullanmaganmiz. Agar mahsulot sifatli, raqobatbardoş bölsa, albatta, olişlari mumkin. Ammo, agarda sifatsiz, boşqa qandaydir nuqsonlari bölsa, xalqning özining e'tiboriga. Raqobatdan kelib çiqqan holda, xalqimizning özining ixtiyori böladi. Men bunday narsalarga qarşiman», - deya aytib ötdi Ortiqxöjayev.

















