Xalqaro press-klubda Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev iştirokida «Toşkent: aqlli, obod va sevimli şahar uçun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Reja böyiça 10 yildan keyin Toşkent şahri aholining yaşaşiga qulay bölişi kerak. Yaşaydigan joy, uylar yaxşilanişi lozim, jamoat transportini köpaytiriş zarur. Şuningdek, boğça, maktab, poliklinikalar sonini oşiriş darkor. Bular hozirça bizda norma böyiça yetmaydi. Bundan taşqari, şaharning hududini ham ozgina kengaytiriş kerak. Bu boradagi reja 2030 yilgaça işlab çiqilgan. Har bir tuman böyiça yaxşilab işlansa, şaharning körki ham özgaradi. Hozirda har bir tuman bilan işlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda qöyilayotgan maqsadlar, rejalarni tuşunayotgan arxitektorlar bor, biz ular bilan işlamoqdamiz. Bundan taşqari, tegişli oliy öquv yurtlaridan yoş, iste'dodli arxitektorlarni olib, tumanlarga biriktirmoqdamiz. Har bir tumanda yaxşi biznes-loyihalar işlab çiqilmoqda. Çet eldan ham nomdor mutaxassislar çaqirilgan, hozirda ular şahar arxitekturasi, yöllar böyiça işlamoqda. Şahar 10 yildan keyin qanday körinişi, buziladigan uylar örnida nimalar paydo bölişi ustida işlanmoqda. 25 iyun kuniga qadar poytaxtdagi törtta köçaning loyihasi taqdim etiladi. Agarda xalqimiz unga rozilik bildirsa, hamma işlarni boşlab yuboramiz», - deya aytildi tadbirda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent hokimi poytaxtdagi muammolarni sanagandi.
















