Xalqaro press-klubda Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev iştirokida «Toşkent: aqlli, obod va sevimli şahar uçun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Toşkent şahri böyiça muammolar juda köp. Asosiy muammo - poytaxtning boş rejasi yöqligi. Kelajakda böladigan rivojlanişga xalaqit berişi, tasdiqlanmaganligi. Şuningdek, uzoq va yaqin strategiya yöq. Şu muammo. Aniq, puxta bir strategiya qilinmagan. Hokimlik faqat xizmat körsatuvçi organga aylanib qolgan, ya'ni, özi alohida pul topib, uni köpaytirib, davlat-xususiy şerikçilikda işlaşni rivojlantirmagan, kommunal, yöl sohasi eskirib ketgan. Tumanlarning özida markaz yöqligi ham muammo. Bozorlar böyiça... Ulgurji bozorlar şaharning içida ekani. Dunyoning heç bir joyida ulgurji bozor bilan savdo rastalari bir yerda joylaştirilmagan. Bundan taşqari, aholini köp rentabellik işlarga jalb qiliş kerak. Şunga öxşaş muammolar köp», - dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar hokimi har kuni işni nimadan boşlaşini aytgandi.
















