Samarqand shahridagi So‘g‘diyona tayanch tibbiyot kollejida viloyat hokimi T.Jo‘rayev rahbarligida So‘g‘diyona maskani hududini ijtimoiy-muhandislik, yo‘l infratuzilmasi hamda ko‘p qavatli uy-joy fondini ta'mirlash va atrofini obodonlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi qarori bilan tashkil etilgan «Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi»ga 50 mln. dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini tubdan rekonstruksiya qilishga imkon berib, aholining kundalik yashash sharoitini yanada yaxshilashga zamin yaratadi.

Sh.Mirziyoyevning 17–18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan jami 334,4 mlrd. so‘mlik chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Shundan:

  • Samarqand shahrida jami 28,5 km uzunlikda yo‘l qurish va rekonstruksiya qilish;
  • 5 ta asosiy ko‘chalarda piyodalar uchun yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi qurish va 2 ta ko‘chadagi mavjud yer osti o‘tish yo‘lagini rekonstruksiya qilish;
  • shaharning Sartepa, So‘g‘diyona, Mikrorayon «A» va «B» maskanlari hududidagi jami 317 ta ko‘p qavatli uy-joylarni mukammal ta'mirlab, hududini obodonlashtirish;
  • shaharning ichimlik suv tarmoqlarini qurish, mavjud suv tarmoqlarini hamda oqova suv quvurlarini yangilash;
  • Samarqand shahrida 4 ta markazlashgan qozonxona qurish;
  • shaharning 20 ta markaziy ko‘chasida hamda Sartepa, So‘g‘diyona, Mikrorayon «A» va «B» maskanlari, Farhod, So‘lim, Kimyogarlar qo‘rg‘oni hududlarining tungi yoritish tizimlarini mukammal ta'mirlash;
  • shahar obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli hajmdagi yuk ortish, ko‘cha supurish, yuvish, yuklash, tekislash, daraxt ekish va boshqa avtotransport vositalarini hamda 40 ta o‘t o‘rish uskunalarini xarid qilish;
  • Samarqand shahrining Amir Temur, Buyuk Ipak yo‘li, Turkiston, Ali Qushchi, Rudakiy va O‘zbektrak ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirilgan qismining sun'iy sug‘orish tizimini yaxshilash;