Xalq deputatlari Farğona viloyat kengaşining navbatdan taşqari 32-sessiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov hamda Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatçisi Umar Ismoilov iştirok etdi. Yiğilişni kengaş raisi, viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev olib bordi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi sayti.
Sessiya kun tartibida davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-13 iyun kunlari Farğona viloyatiga taşrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilab bergan vazifalar va viloyat faollari bilan ötkazilgan yiğiliş davomida berilgan topşiriqlar, taşkiliy hamda boşqa masalalar körib çiqildi.
Sessiya qaroriga köra, Farğona viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Sadriddin Burxonoviç Qöçqorov örniga Akmalxon Jöraxonoviç Ortiqov hamda qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Alibek Ma'murjonoviç Tursunov örniga Şuhrat Jöraquloviç Teşayev tayinlanganligi ma'qullandi.
Farğona viloyatidagi bir tuman hokimi işdan olindi, yana bir tuman «törtligi»ga oxirgi ogohlantiriş berildiYiğilişda viloyat hokimining yangi tayinlangan örinbosarlari mamlakat rahbari e'tiboriga tuşgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali işlagan eng yaxşi kadrlardan ekanligi ta'kidlab ötilgan.
















