Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan muzokaralar ötkazadi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot xizmati xabarida aytiladi.  

«Davlat rahbari taşrif doirasida Tatariston respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşadi, şuningdek, Qozon federal universitetiga boradi», - deyiladi xabarda.

Qozoğiston parlamenti yuqori palatasi, senati, 31 may kuni Xavfsizlik kengaşi töğrisidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga köra, amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengaşiga umrbod rahbarlik qiladi.

Şuningdek, Nazarboyev Qozoğiston hukumati va parlamentini qozoq tilida işlaşga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirgani xabar berilgandi.