Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan poytaxt aeroporti infratuzilmasining ishlash samaradorligi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishni oshirish hamda servis xizmatini oshirish maqsadida 2017 yilda “Toshkent” aeroportining Mahalliy aviayo‘nalishlar aerovokzali eski binosini xalqaro aviaqatnovlar uchib kelish zaliga rekonstruksiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: MAK axborot xizmati

MAK axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qaror asosida Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida maydoni 9802,36 m2 ga teng mahalliy aviayo‘nalishlar aerovokzali eski binosida ta'mirlash ishlari boshlandi.

Foto: MAK axborot xizmati
Foto: MAK axborot xizmati

Soatiga 1200 nafar yo‘lovchigacha xizmat ko‘rsatish imkoniga ega yangi binoning ishga tushirilishi xalqaro yo‘nalishlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi va mamlakatga kirishdagi zaruriy tekshiruv jarayonidan o‘tishni tezlashtiradi.

Hozirda yangi muhandislik-texnologik uskunalar bilan jihozlangan ushbu terminalda “qizil” va “yashil” yo‘laklar,  4ta yuk lentasi, 24ta pasport nazorati punkti, viza ta'minoti punkti, ikkita valyuta ayirboshlash shahobchasi, ikkita Duty Free magazini va ikkita kafe-bar mavjud. Pasport nazoratidan o‘tish vaqti avval 15-20 daqiqani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu jarayon 7-10 daqiqada amalga oshiriladi. Shunday qilib, kelayotgan mehmonlar hamda O‘zbekiston fuqarolari aeroportdagi barcha rasmiyatchilikni 20-30 daqiqa mobaynida o‘tab bo‘ladilar.

Foto: MAK axborot xizmati
Foto: MAK axborot xizmati