Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan haftaning har juma kuni «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» etib belgilanishi mumkin. Ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratiladi:
yo‘l harakati ishtirokchilari orasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda aholi bilan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilish, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir etiladigan hududlarda aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
keng jamoatchilik ishtirokida joylarda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralarni tanqidiy muhokama qilish;
respublika va mahalliy tele- va radiokanallarda maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish orqali yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari, piyodalar va transport vositalari haydovchilarining aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va bu borada ularning javobgarligi masalalarini muntazam ravishda yoritib borish orqali keng jamoatchilikka profilaktik ta'sir ko‘rsatish;
yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
«Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringi, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, hujjat bilan yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dastur;

















