10:00 / 17.06.2018
115067

Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti/AR

UFC bo‘yicha yengil vazn toifasida chempionlik kamari uchun Xabib Nurmagomedov va Konorom MakGregor o‘rtasida o‘tadigan jang sanasi ma'lum bo‘ldi.

Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedovning aytishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jang 6 oktyarbda bo‘lib o‘tadi. Shu kunga Las-Vegasda UFC 229 musobaqasini o‘tkazish belgilangan. “Muzokaralar yakuniga yaqinlashib qoldi. Hozircha Konor bilan. Men aytganimdek, Konor, Toni (Fergyuson), Sen-Per (Jorj) va yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion. Yaqin 4 ta jangni shu ketma-ketlikda o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytgan Xabibning otasi. 

Avvalroq Xabibning o‘zi ham keyingi janglaridan birining ehtimoliy sanasi sifatida 6 oktabrni aytgandi. U bu jangda aprelda amerikalik jangchi El Yakvinta bilan jangda qo‘lga kiritgan chempionlik unvonini ilk bor himoya qiladi. 

Mavzuga oid
Top