16 iyun kuni ilk ayol-fazogir Valentina Tereshkovaning koinotga parvoziga 55 yil to‘ldi. Tereshkova koinotga yakka o‘zi parvoz qilgan dunyodagi yagona ayoldir. Yulduzlar tomon parvoz fazogirning sog‘lig‘i uchun juda katta xavf tug‘dirishini juda kam odam bilardi. Biroq, jasur 26 yoshli parashyutchi sportchi qiz 1963 yilning 16 iyunida “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan yulduzlar tomon yo‘l oldi.

Bugun KUN.UZ mazkur parvozga tayyorgarlik hamda ayol kishining koinotga ilk parvozi xususidagi qiziqarli faktlar va afsonalarni esga olishga qaror qildi:
1. Parvozga va bo‘lajak zo‘riqishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qizlar 70 daraja harorat, 30 foizlik namlik ostida termokamerada sinovdan o‘tishgan. 10 sutka mobaynida har bir nomzod qiz tovushdan to‘liq ixotalangan surdokamyerada ham bo‘lgan.
2. Nomzodlardan qay biri koinotga uchishi so‘nggi pallagacha noma'lumligicha qolgan — Tereshkova ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi ham emasdi va boshqalardan keskin farqlanmasdi. Lekin taqdir uni sovet kosmonovatlari ichra oltinchi, ayol fazogirlar ichra birinchi qildi.

3. Afsonalarga ko‘ra, uning chaqiruv ismi “Chayka”ni Yuriy Gagarin o‘ylab topgan, parvozdan oldin “Ey osmon! Shlyapangni yech” iborasini bugungi kunda butun dunyo biladi.
4. O‘zining Yer orbitasiga parvozini Tereshkova qarindoshlaridan yashirib yurgan. Uning ota-onasi qizi parashyutchilar musobaqasida qatnashayapti, deb o‘ylashgan. Valentina aslida qayerga yo‘l olganini ilk ayol fazogirning ota-onasi radiodan eshitishgan.
5. Dastlabki uch sutkani kosmonavt mutlaqo harakatlanmasdan o‘tkazgan — bu esa tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan qahramonlikdir. Hamma Tereshkova charchaganini tushunib turardi, lekin u aslo sir boy bermagan. “Vostok-6” Yer atrofida 48 marta aylangan.

6. O‘z parvozi mobaynida Valentina Tereshkova hech narsa yemagan. Faqatgina Yerga qo‘ngach, barcha yo‘riqnomalarga ters o‘laroq “Yer” taomini tatib ko‘rgan. Kosmik taomlarni esa uni kutib olgan insonlarga tarqatgan.















