Argentinalik afsonaviy futbolçi Diyego Maradona jahon çempionatining Argentina-Islandiya uçraşuvida stadionda çekiş taqiqlanganiga qaramay sigara çekkani uçun uzr söradi.

Maradona öyindan keyin Instagram’dagi sahifasida öyin suratini joylaştirib, özining nojöya işiga izoh berdi: «Bugun jahon çempionatidagi ilk uçraşuvimiz bilan boğliq holda argentinaliklar uçun oğir kun böldi. Har bir kişida asabiy holatdan çiqişning öz usuli bor. Men rostdan ham stadionlarda çekiş mumkin emasligidan bexabar edim». U muxlislar va musobaqa taşkilotçilari oldida uzr sörab, barçani Argentina terma jamoasi öyinlariga taşrif buyurişga taklif qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari sobiq futbolçining bu işi ustidan kinoya qilişga tuşib ketişgan: «U stadionga özi bilan sigara olib kelmagan. Uning oğziga sigarani «Tangri qöli» tiqib qöygan», deb aytgan bir foydalanuvçi. «Bu tamaki emas, şunçaki öt», deb kinoya qilgan yana bir foydalanuvçi.

Argentina-Islandiya uçraşuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarni 19-daqiqada Serxio Aguero va 23-daqiqada Alfred Finnbogason kiritdi. 64-daqiqada esa Lionel Messi 11 metrlik jarima nuqtasidan gol kirita olmadi.