Fransiyalik yozuvçi Antuan de Sent-Ekzyuperining yoş ayolga yozgan maktubidagi rasm kimoşdi savdosida 240,5 ming yevroga sotildi. Fransiyadagi Artcurial kimoşdi savdosi uyining Twitter'ida şu haqida xabar berildi.
#HappeningNow Our « Postal history, Heroes of aviation » #auction has just started ! #SaintExupéry #LePetitPrince #Artcurial #Art pic.twitter.com/OFKczmZwmR
— ARTCURIAL (@Artcurial) June 16, 2018
Manbaga köra, Ekzyuperining "Kiçik şahzoda" ertagidagi şu nomli personaji rasmi akvarelda işlangan bölib, unda 1943 yilning apreli - 1944 yilning may sanasi qayd etilgan.
Associated Press agentligida ta'kidlanişiça, rasm işq izhori bitilgan maktubga tuşirilgan bölib, unda sayyora ustidagi stolda ötirib, uzun qoğozga yozayotgan Kiçik şahzoda tasviri aks etgan. Uşbu maktub 11 varaqdan iborat ekani qayd etilgan.
Ba'zi tarixçilarning sözlariga köra, bu Ekzyuperining samolyoti 1944 yilda harbiy operatsiya vaqtida yöqolişidan avval bitilgan oxirgi xati bölgan.
Kimoşdi savdosi doirasida şu kunga qadar Antuan de Sent-Ekzyuperining 49 ta işi sotilgan.
















