AQŞning Florida ştatida 680 kilogramm dinamit yordamida 2 ta 140 metrlik sovitiş minoralari portlatildi. Minoralar şu tariqa buzilgan.
Ma'lum qilinişiça, 10 soniyalik operatsiyaga 10 hafta tayyorgarlik körilgan. Minoralar St. Johns River Power Park kömir elektr stansiyasiga tegişli bölgan. Videoda ikki minora asoslari deyarli bir vaqtda portlagani, söngra minoralar içki tomoniga qarab qulagani hamda köp miqdorda çang kötarilganini köriş mumkin.
Buziş işlari bunday korxonalarni 2020 yilgaça töliq bartaraf etiş dasturi doirasida amalga oşirilgan. Bu maqsadda 14,5 mln dollar ajratilgan.
















