Özbekistondagi KFC restoranlarida barça taom va içimliklar «halol» standartidagi mahsulotlardan tayyorlanadi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasidagi izohlarda ma'lum qilindi.
Bundan taşqari, Özbekistondagi KFC restoranlarida alkogol sotilişi közda tutilmagan. Spirtli içimliklarni özi bilan birga olib keliş ham mumkin emas.
Muassasalarning oçiliş sanasi hozirça noma'lum. Kompaniya Toşkentdagi «Çilonzor» va «Buyuk Ipak yöli» metro bekatlari yaqinida hamda Vestminster universiteti qarşisida restoran oçişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yum! Brands yil oxiriga qadar Toşkentda bir neçta KFC restoranini oçişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi. Kompaniyadan bildirişlariça, KFC restoranlarining Özbekistondagi faoliyati Yum! Brands xalqaro sifat standartlariga muvofiq ravişda taşkil etiladi.












