Yum! Brands yil oxiriga qadar Toşkentda bir neçta KFC restoranini oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Spot kompaniyaga asosan xabar berdi.

«Markaziy Osiyo biznesni rivojlantiriş uçun jiddiy salohiyatga ega va KFC’ga kengayiş uçun muhim mintaqalardan biri hisoblanadi. Özbekistonda International Food Chain KFC’ning hamkoriga aylandi. Kompaniya 2018 yil oxirigaça Toşkentda KFC’ning bir neçta restoranlarini oçişni rejalaştirmoqda», - deyiladi xabarda.

Kompaniyadan bildirişlariça, KFC restoranlarining Özbekistondagi faoliyati Yum! Brands xalqaro sifat standartlariga muvofiq ravişda taşkil etiladi. 

«Bu işlab çiqariş jarayonining barça jihatlariga taalluqlidir – mahsulotlarni yetkazib berişdan tortib, taom tayyorlaş va uni taqdim etişgaça. Bölajak restoranlar jamoasi Moskvada maxsus ta'lim oladi va amaliyotdan ötadi, bu Toşkent restoranlari mehmonlariga mukammal xizmat körsatiş uçun kerak», - deyiladi xabarda.

Kompaniya restoranlar qayerda joylaşişini oçiqlamagan, biroq ularning biri Vestminster universiteti oldida oçiladi.

«Biz KFC’ning Özbekistondagi muvaffaqiyatiga işonamiz», - deya ma'lum qilişgan kompaniyadan.