Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori bilan Davlat ta'lim muassasalari va avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini amalga oşiruvçi boşqa yuridik şaxslarning öquv guruhlarini röyxatga oliş, şuningdek imtihonlarni ötkaziş va milliy haydovçilik guvohnomasini beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Maktab va kurslarni röyxatga oliş tartibi töğrisida
Davlat ta'lim muassasalari va boşqa yuridik şaxslarning öquv guruhlarini röyxatga oliş Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) va uning hududiy boşqarmalari (YHXB) tomonidan amalga oşiriladi.
Davlat ta'lim muassasalari özining ta'lim faoliyatini boşlagunga qadar yuqori turuvçi davlat idorasi orqali IIV YHXBBning xulosasini oladi. Xulosa çiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida, tekşiruv komissiyasi tomonidan da'vogarlarning moddiy-texnika va öquv-metodik bazasi har tomonlama körikdan ötkaziladi.
Tekşiruv natijalari böyiça 3 nusxada dalolatnoma tuziladi: biri xulosa tayyorlaş uçun YHXBBga taqdim etiladi, bir nusxasi – YHXBda, bir nusxasi davlat ta'lim muassasasida saqlanadi. Davlat ta'lim muassasasi YHXBda hisobga qöyilganda tayyorlanadigan haydovçilarning toifalari körsatilgan holda uning nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlaş (röyxatdan ötkaziş) töğrisida ma'lumot, mahalliy davlat organlarining qarori raqami körsatiladi va uşbu barça ma'lumotlar alohida jurnalda aks ettiriladi. Davlat ta'lim muassasalarini hisobga oliş jurnali IIV tomonidan röyxatdan ötkaziladi va hududiy YHXBda saqlanadi.
Körsatilgan sohada nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxsning öquv guruhlari Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan tegişli litsenziya asosida YHXBB körsatmasiga asosan YHXB tomonidan röyxatga olinadi.
Öquv taşkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarining malaka oşiriş kurslari yakuni böyiça hududiy YHXBga sertifikat olgan tinglovçilar, sertifikat berilgan sana va raqami körsatilgan holda röyxati taqdim etiladi.
YHXBda hisobga olingan barça öquv taşkilotlarining öquv, moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida 1 marotaba atrofliça, har bir öquv guruhlarining öquv jarayoni esa har oyda kamida 1 marotaba hududiy YXXBlar tomonidan örganib boriladi. Örganiş natijalari yuzasidan dalolatnoma tuzilib, zarurat tuğilganda davlat ta'lim muassasasining yuqori turuvçi taşkilotiga tegişli taqdimnoma yuboriladi.











