Amaldagi tartiblarga köra, respublikaga çetdan olib kelinadigan dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari majburiy tartibda sertifikatlanadigan tovarlar turiga kiradi. Şuningdek, bu turdagi tovarlar davlat tilida ham markalanişi lozim.
Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabariga köra, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan respublikaga bojxona rasmiylaştiruvi va sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan dori-darmon vositalarining olib kirilişiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligi foş etildi.
“Keles” temir yöl çegara bojxona postida Olmaotadan kirib kelgan yölovçi poyezdi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganda, yölovçilardan biri, qöşni davlat fuqarosi O.N. yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, “Accele8”, “Elev 8”, “B-EPIC” nomli 22 quti hamda 19 dona vitaminlarni olib kirayotganligi aniqlandi.

Ayni şu poyezdning yana bir yölovçisi, qöşni davlat fuqarosi D.G esa “S.L.I.M”, “VITALITY SPRAY”, “MULTI VITAMIN” hamda “VERATROL PLUS” nomli 4 turdagi 218 dona sprey şaklidagi vitaminlarni bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirayotgan paytda töxtatib qolindi.
Mazkur ikkala holat yuzasidan vaqtinça olib qöyilgan yuqoridagi tovarlarning qiymati 43,5 mln. sömdan ortiqni taşkil qilmoqda.
Hozirda uşbu holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
















