Markaziy Osiyoda eng katta aholiga ega bölgan Toşkent şahar byudjyeti 2,4 trillion söm qiymatida qayd etilgan. Şaharda 39ta oliy öquv yurtlari va 62ta ilmiy fan institutlari faoliyat körsatib, unda 115 mingdan ziyod talaba tahsil oladi.
Kelgusida şahar yana 335 kv. km ösişi rejalaştirilgan. Şunga qaramay unda bir qança muammolar mavjud. Bu haqda Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev «Top-500 biznes konferensiyasi»da ma'lum qildi.

«Asosiy muammo - şaharda tasdiqlangan boş rejaning yöqligi va uning oçiq emasligi. Buziliş va köçiriş işlari palapartiş olib boriladi. Investorlarga reja qiliş imkoniyati berilmagan. Mulkdorlarning öz mulkini himoya qilişini qiyinlaştiradi. Şahar hokimiyati imidji va işlari nisbiy tus olmoqda», deydi u.
Jahongir Ortiqxöjayevning aytişiça, şaharning örta va uzoq muddatli strategiyasining yöqligi yana boşqa muammolardan biri hisoblanadi.
«Iqtisodiy va ijtimoiy körsatkiçlar har yili tasdiqlanib çiqiladi. Bu uzoq muddatli rejalarni qurişga imkoniyat bermaydi. Şahrimiz rivojida disbalans bor. Tumanlarning rivojida katta disbalans. Aksariyat sifatli xizmatlarni iste'mol qiliş uçun şahar markaziga keliş lozim.

Biz şahrimizning har bir tumani va hududi rivojlanişini istaymiz. Yuqori sifatli iş örinlari, hordiq çiqariş va işlaş Toşkentning har qismida bölişiga harakat qilamiz», deb fikr bildirgan u.
Yopiqlik va şaffoflikning yetişmasligi ham muammolardan biri sifatida qayd etildi.
«Yer taqsimlanişi, davlat tenderlari va buyurtmalari mexanizmlarining oydin emasligi, şuningdek şaharni boşqarişda samaradorlikning pastligi. Muloqotlar yetişmaydi. Rejalar esa doimiy özgaradi. Körsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati past. Xalqaro tajribalarning yetarliça örganilmayotgani, zamonaviy texnologiyalar sust qöllanilmoqda», deb kamçiliklarni sanab ötdi Jahongir Ortiqxöjayev.
















