Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.

N guruhida Polşa va Senegal terma jamoalari bellaşdi. Deyarli teng kuraşlar ostida ötgan bahsda afrikaliklar raqib xatolaridan unumli foydalanib qolişdi.

38-daqiqada Guyye tomonidan jarima maydoni taşqarisidan yöllangan zarbadan söng, töp himoyaçi Çonek oyoğiga tegdi va yönalişini özgartirib, darvoza töridan joy oldi. Darvozabon Şçensni bu vaziyatda ojiz edi.

60-daqiqada Krixovyak töpni öz darvozaboniga oşirişda xatoga yöl qöydi. Natijada Nyang çaqqonlik bilan uni egallab olib, posbonni aldab ötib, böş qolgan darvozani işğol etdi.

Öyin yakunlanişiga oz vaqt qolganida Krixovyak jarima zarbasidan oşirilgan töpni boşi bilan darvozaga yöllab, hisobni qisqartirdi. Biroq, Polşa undan ortiğiga ojiz edi.

JÇ-2018, N guruhi
Polşa – Senegal 1:2 
19 iyun, Moskva, «Otkritiye Arena» 
Gollar: 0:1 – 37, avtogol Çonek, 0:2 – 60 Nyang, 1:2 – 86 Krixovyak. 
Polşa – Şçensni, Çonek, Pazdan, Pişçek (Bereşinski, 83), Ribus, Blaşçikovski (Bednarek, 46), Zelinski, Krixovyak, Grositski, Milik (Kovnatski, 73), Levandovski.
Senegal – Ndiay, Sane, Sabali, Vage, Kulibali, Guyye, Ndiayye (Kuyate, 87), Sarr, Mane, Nyang (Konate, 75), Diuf (Ndoyye, 62).
Ogohlantirişlar: Krixovyak (12), Sane (49), Guyye (72).