Foto: Inha

Farzandingiz 9 yoshdan 16 yoshgachami va Siz uning yozgi ta'tilini maroqli o‘tkazishini va shu bilan birga bilim olishini istaysizmi?

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) “Inha Tashkent Summer School” ta'lim lagerini taklif qiladi. Lager IUT ning yangi innovatsion loyihasi bo‘lib, bolajonlarning yozgi ta'til davridagi vaqtini maroqli va unumli o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Foto: Inha

“Inha Tashkent Summer School” 2018 yilning may oyida ishga tushirildi. Hozirda dastlabki ikki haftalik mavsum o‘z nihoyasiga yetdi, ikkinchi mavsumning qatnashchilari esa endi-endi bir-birlari bilan tanishib, ta'lim lagerining muhitiga moslashmoqdalar.

Lagerda o‘g‘il-qizlar o‘z vaqtlarini nafaqat qiziqarli, balki foydali o‘tkazishadi. Bolajonlar yoshlariga mos ravishda mantiqiy matematika, ingliz tili, qiziqarli fizika, dasturlash, ona tili ingliz tili bo‘lgan ustoz bilan so‘zlashuv qobiliyatini kuchaytirish klubi, robototexnika, fikrlash dizayni bilan shug‘ullanadilar.

Foto: Inha

Xususan, birinchi mavsum davomida kichik guruhdagi bolajonlar turli devayslarning tuzilishi bilan tanishgan bo‘lsalar, katta guruhdagi bolalar “Arduino” tizimidan foydalangan holda robotlarni yaratishni o‘rgandilar. Arduino – avtomatika va robototexnikaning oddiy tizimlarini yaratish uchun apparat-dasturiy moslamasidir.

Lager qatnashchilari ingliz tilidagi so‘zlashuv klubida ham maroq bilan ishtirok etishmoqda. Mazkur klubni Buyuk Britaniyalik mutaxassis Greym Medd olib bormoqda. Klubdagi darslar davomida bolalar turli mavzularni muhokama qilgan holda ingliz tilidagi so‘zlashish qobiliyatlarini rivojlantirishadi.

Ta'lim lagerining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolajonlar dasturlash bo‘yicha darslarda ishtirok etishib, unda dasturlash asoslarini o‘rganishadi.

Foto: Inha

Tashkilotchilar ko‘ngilochar tadbirlar to‘g‘risida ham unutmadilar. Darslardan bo‘sh vaqtlarida bolalar quvnoq musobaqalar va o‘yinlarda ishtirok etishadi, har hafta bo‘ladigan ko‘riklarga o‘z ijodiy chiqishlarini tayyorlashadi.