Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov işdan olindi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun ötkazilgan yiğilişda Inoyatov işdan olinib, vazirlikka Şerzod Hotamoviç Şermatov yangi rahbar etib tayinlangan.
Sobiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri (v.b) Şerzod Şermatov fevral oyida Innovatsion rivojlaniş vazirligi rahbariga örinbosar bölgandi.

Foto: Xalqaro press klub
1977 yilda tuğilgan Şerzod Şermatov Toşkent davlat texnika universiteti bitiruvçisi sanaladi (1998). U şuningdek, AQŞdagi Yyel universitetini tamomlagan (2000).
U 2014 yildan 2016 yil noyabrigaça Toşkentdagi Inha universiteti rektori bölgan, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligaça Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
Uluğbek Inoyatov 2013 yilning fevralidan buyon Xalq ta'limi vazirligini boşqarib kelayotgandi. Şu yilning aprel oyida respublika boş vaziri Abdulla Aripov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda uşbu vazirga hayfsan berilgandi.











