«Toşkent sizni yaxşi köradi» poytaxt aholisining Toşkentni yaxşilaş böyiça ğoyalari va takliflarini izlaş hamda töplaş onlayn-platformasi işga tuşdi. Takliflar 31 avgustgaça qabul qilinadi.
Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev fuqarolarni poytaxtni yangilaşda iştirok etişga çaqirgan.
- Men sizlarni Toşkentdagi özgarişlarning hammuallifi bölişga va şaharda sizga aynan nima yetişmayotganini bizga aytib berişga çaqiraman. Sizga qanday boğlar kerak va ularda siz nima qilişni xohlaysiz? Transportni qanday bekatlarda kutmoqçisiz? Şaharning köçalari va çorrahalari qanday bölişi kerak? Avtoturargohlar bilan nima qilsa böladi? Siz örtoqlaşing, Toşkent tinglaydi, - degan hokim v.b. öz murojaatida.
«Toşkent sizni yaxşi köradi» platformasida istovçilar ğoyani taklif qilişi yoki xaritadagi muayyan joy muammosi haqida aytib berişi mumkin. Yoqqan takliflar uçun ovoz beriş, izoh qoldiriş va ular bilan ijtimoiy tarmoqlar bölişiş ham imkoni bor.

















