Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Erdo‘g‘anning prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgani rasman ma'lum qilindi
Turkiyaning Oliy saylov kengashi rahbari Sadi Guven mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 24 iyunda o‘tgan prezident saylovlarida mutlaq ko‘p ovoz olganini e'lon qildi.
Shuningdek, parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 10 foizlik chegaradan Adolat va taraqqiyot partiyasi, Milliy harakat partiyasi, Xalq-respublika partiyasi, Yaxshi partiya va Xalqlar demokratiyasi partiyasi o‘tgan.
Saylovlarning yakuniy natijalari shikoyatlar ko‘rib chiqilgandan keyin 10 kun ichida ma'lum qilinadi.
Erdo‘g‘an 52,5 foiz ovoz bilan 1-turning o‘zida g‘olib bo‘ldi. Uning asosiy raqibi Muharram Injye 30,7 foiz, qolgan nomzodlar – Salohitdin Demirtosh 8,4 foiz, Meral Akshener 7,3 foiz, Tamal Karamullao‘g‘lu 0,9 foiz va Dogu Perinchek 0,2 foiz ovoz to‘plagan.
Parlament saylovlarida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 42,4 foiz ovoz, Milliy harakat partiyasi 11,1 foiz ovoz to‘plagan. Shu tariqa bu partiyalarni birlashtiruvchi Xalq alyansi parlamentda ko‘pchilik o‘rinni oladi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026