Jahon çempionati H guruhi 2-turida Polşa terma jamoasi Kolumbiya bilan kuç sinaşdi. "Kazan Arena" stadionida keçgan öyin Kolumbiya terma jamoasining yirik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi – 0:3.

40-daqiqada Mina hisobni oçgan bölsa, 70-daqiqada Falkao oradagi farqni oşirdi. Kolumbiyaga yirik ğalaba keltirgan gol 75-daqiqada Kuadrado tomonidan kiritildi. 

2-turdan keyin ham oçko töplay olmagan Polşa terma jamoasi pley-offga çiqiş imkoniyatini qöldan çiqardi. Kolumbiya esa 3 oçko bilan 2-örinda bormoqda. Guruhda 4 oçkodan töplagan Yaponiya hamda Senegal terma jamoalari peşqadamlik qilişmoqda. 

JÇ-2018, H guruhi

Polşa – Kolumbiya – 0:3 (0:1)
Gollar: Mina, 40 (0:1). Falkao, 70 (0:2). X.Kuadrado, 75 (0:3).

Polşa: ŞÇensny, Pazdan (Glik, 80), Bednarek, Pişçek, Bereşinski (Teodorçik, 72), Kryxovyak, Guralski, Zelinski, Kovnatski (Groşçitski, 57), Rybus, Levandovski.
Kolumbiya: Ospina, Arias, Sançes, Mina, Moxika, X.Kuadrado, Agilar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Xames Rodriges, Falkao (Bakka, 78).
Ogohlantirişlar: Bednarek, 61. Guralski, 85.