Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ona ikki farzandini beliga bog‘lab, o‘zini daryoga otdi
25 iyun kuni Andijonda ayol o‘zini va 2 nafar farzandini soyga tashladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.
«2018 yil 25 iyun kuni soat 10-30 larda 27 yashar ayol A. beliga arqon bilan 2 nafar farzandini (7 yashar qiz va 3 yashar o‘g‘il) bog‘lab, o‘zini Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hududidan oqib o‘tgan «Shaxrixonsoy» kanaliga tashlagan, ularni fuqaro B. va boshqalar suvdan chiqarib olgan. A. ning hayoti saqlab qolingan, lekin voyaga yetmagan farzandlari M. va Sh. lar voqea joyida vafot etgan», deyilgan xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026