Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin:

1-ilovada:

a) 1-band ikkinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Uşbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga va Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.”;

b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki (smenali) ta’lim şakllariga talabalarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi (keyingi örinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kiriş imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga köra töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan tölov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan taşqari abituriyentlarni öqişga qabul qiliş Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça ta’lim yönalişlari, öqitiş tillari va şakllariga köra alohida ötkaziladi. Ayrim yönalişlar böyiça hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud böyiça alohida ötkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnaşib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yönalişida töplagan ballari bilan umumiy tölov-kontrakt doirasidagi tanlovda iştirok etadi.

Test sinovlarini ötkaziş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi örinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oşiriladi.