Jahon | 09:33 / 28.06.2018
4370
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

Foto: REUTERS

AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Jonatan Koen BMT Xavfsizlik kengashi ishtirokchi davlatlarini Vashinngtonning pozitsiyasiga qo‘shilish va Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. 

«Biz muntazam ravishda kengash rezolyutsiyalarini buzuvchi davlat bilan to‘qnash kelar ekanmiz, bunda jiddiy oqibatlar siyosatini davom ettirish juda muhimdir», - dedi Koen Xavfsizlik kengashining Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha yig‘ilishida.

Uning fikricha, Eron mintaqadagi «yomon xatti-harakatni» namoyish etmoqda. Shuningdek, uning bildirishicha, Amerika hukumati Eron tomonidan kelayotgan tahdidga qarshi turish uchun Xavfsizlik kengashi a'zolari bilan birgalikda ishlashga tayyordir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramay, Eron bilan hamkorlik davom etishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid