Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: Tramp Rossiyani G7’ga Qrim bo‘yicha shartlarsiz qabul qilishga tayyor
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Moskvaning xalqaro hamjamiyatga qaytishini «aniq» deb baholaydi hamda «yon berish» unga Qrimni Ukrainaga qaytarmay turib, G7’ga qo‘shilish imkonini beradi, deb hisoblaydi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Kutilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning bo‘lajak uchrashuvi joyi hamda sanasini har ikki tomon 28 iyun kuni rasman e'lon qiladi.
Mayk Pompeo Rossiyadan aynan qanday «yon berish» kutilayotganini aytmadi, biroq, Tramp hamon Rossiya «Qrimni 2014 yilda noqonuniy ravishda o‘ziga qo‘shib olgani», bu G7’dan chetlatilishga olib kelgani borasidagi pozitsiyasiga sodiq qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainani qachon hurmat qila boshlashi aytilgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026